Adabiyot ila urgan yurak

Xosiyat Rustam

O’z she’riyati, ziyoliligi, oliyhimmatligi bilan tanilgan shoira Xosiyat Rustamni men O’zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniy Markazida faoliyatimni boshlagan vaqtlarga borb taqaladi. O’zining ijodi bilan nafaqat O’zbekistonda, balki butun turkiy dunyoda mashhur Xosiyat xonim bilan  bo’lgan birinchi suhbatlarimizdan sezdimki,  bu nozik ta]bli inson, shoira xonim boshqa odamlardan farq qiladi. Uning hayotga qarashi, ijodlari butunlay boshqacha va bir so’z bilan aytganda uning o’z dunyosi bor.

Taniqli islom faylasufi Abu Turxonning yozishicha, “She’riyatning missiyasi ilohiy go’zallikni uining tazohurida ko’rmakdir va she’riyatidagi she’riyat sof, nozik ko’ngil tuyg’ularining jamlanmasidir.

Dunyoga oddiy ko’z ila ko’rinmagan ilohiy go’zalliklariga oshiqlik shoira Xosiyat xonim asarlarining negizini tashkil qiladi va bu asarlarda haqiqatan ham asl hayotiy manzaralar jonlantiriladi.

Adabiyot – hayot oynasi. Shoir va yozuvchi nima haqda yozishidan qat’i nazar, uning asarining obyekti va subyekti albatta insondir. Xosiyat xonim asarlarida o’zi yashayotgan muhitda yuz bergan hodisalarni, qayg’u, hayotning charog’nligi va zulmati, yaxshilik, va yomonlikni, sevinch va kadarni, zolimlik va saxiylikni kitobxon ruhini erkalash bilan birga unga samimiy she’riyat tilida yetkazadi.

Shoira Ozarbayjon adabiyotining ham shaydosidir va maroqli tomoni shundaki, Xosiyat xonim nafaqat Ozarbayjon klassikasi, balki zamonaviy Ozarbayjon adabiyotida ham katta qiziqish qiziqish bilan qaraydi. Shunday bir inson bilan tanishligim va kelajakda har ikki mamlakat uchun muhim bo’lgan ko’plab adabiy va madaniy loyihalarni amalga oshirishda  meni qo’llab-quvvatlayotganidan juda mamnunman.

Tanishligimizning ilk kunlari men rahbarlik qilayotgan O’zbekistondagi Ozarbayjon Madaniy Markazi tomonidan 2013 yildan boshlab “Ozarbayjon haqida yilning eng qiziqarli maqolasi” bilan boshlangani tasodif emas. O’zbekiston matbuotida Ozarbayjonga oid, do’stligimizga oid e’lon qilingan va  musobaqamizga taqdim etilgan eng qiziqarli maqolalar orasida Xosiyat xonimning maqolasi juda diqqatimni tortdi. Keyin musobaqaning g’oliblari biz tashkil etgan Ozarbayjonga “Mediatur”da Xosiyat xonim ham yaqindan ishtirok etdi va Bokuda uning Ozarbayjon adabiyoti namoyandalari bilan uchrashuvi, Ozarbayjonga bo’lgan buyuk sevgisi  va muhabbati mening diqqatimni jalb etdi. Ozarbayjondan qaytganidan keyin Xosiyat xonim men bilan uchrashuvda Armanistonning  Ozarbayjon xalqiga qarshi bunday adolatsizlik va ishg’olga toqat qila olmay bir asar yaratish istagida ekanligini aytdi. Shoirning yuragi hassos va nozikdir, uning shoir qalbi faqat adolatning g’alabasi, turkiy dunyoning gullab-yashnashi istagida uradi.Xosiyat xonim qardosh  Ozarbayjonga qarshi butun adolatsizlikka, ishg’ol va qatliom siyosatiga toqat qila olmay qalam va so’zi bilan jangga otlandi.

Faoliyatimizning dastlabki kunlaridanoq, Xosiyat xonim Ozarbayjon madaniyati va adabiyotini targ’ib qilish uchun haqiqiy do’st va birodarlarcha qo’llab-quvvatlashni namoyon qildi. U “Kitob dunyosi” gazetasi O’bekistonda Ozarbayjon adabiyoti, xususan zamonaviy Ozarbayjon adabiyoti, ayniqsa zamonaviy Ozarbayjon adabiyoti, Ozarbayjonning yosh yozuvchi va shoirlarining asarlarini doimiy nashr etuvchi matbuot organiga, muqaddas o’choqqa aylandi. Gazetaning har bir sonida xususiy ravishda Ozarbayjon uchun ajratilgan  yirik bo’limida mamlakatimizning yosh shoirlari va yozuvchilarining asarlari, ular haqidagi keng ma’lumotlar e’lon qilinadi. Qizig’i shundaki, ko’p hollarda, shaxsan o’zim Ozarbayjonda yetishgan yosh adabiy nask namoyandalari bilan birinchi bo’lib “Kitob dunyosi”ning yozuvlari orqali  tanishaman.

Albatta,  Ozarbayjon adabiyoti, shoirlarimiz va yozuvchilarimizning asarlari o’zbekistonlik kitobxonlar uchun taqdim etilishi, adabiy aloqalarimiz kengayib borishi va bu borada muhim ishlar olib borilshi sevintiruvch bir holdir. Adabiyotimiz rivojlanib bormoqda va uning yosh, yangi namoyandalari o’z ilk qadamlarini adabiyot, so’z, she’rni sevgan va qadrlagan O’zbekistonda tashlashga boshladilar.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjonda Madaniyat Markazi loyihasi bilan nashr etilgan Xosiyat xonimning “Layli og’ochlar” nomli kitobi o’zbek adabiyotigi  oid Ozarbayjonda amalga oshirilgan ikkinchi loyihasi sifatida mahr va rag’bat bilan qarshi olindi.

Nozik qalbli, shoyr ruhiyatli inson Xosiyat xonim poeziyasi o’zga bir dunyo. O’zi yaratgan bu dunyoda esi yuksak bir istak bor – sevgi, ishq, muhabbat, layoqat, mardlik, jasorat.

Adabiyot, she’riyat esa Xosiyat Rustamning butun hayoti, olgan nafasi, borlig’idir. “Meni adabiyotsizlik bilan sinamagil” degan shoira, Parvardigorga yolvoradi “mening ham bir olamim, dunyom bor, u ham bolsa, adabiyotdir! Agar u bo’lmasa meninh muvozanatim yo’qoladi! O’sha kuni, o’sha lahzada tuproqqa ko’milaman! Tangrim, meni adabiyotsiz qo’yma, meni adabiyotsizlik bilan sinama! Yolvoraman, yo’qsa, hayot meni tark etgusidir, ozimga ham sohib bo’la olmayman…”. Bu bir bora shuni ko’rsatadiki, Xosiyat xonim bu dunyoga adabiyot uchun, she’riyat uchun, she’r uchun kelgan. Uning ucun dunyo bu adabiyot va adabiyot u uchun dunyodir.

Uning she’riyati esa kurashgan, muboraza olib borgan, sevgan, sevilgan bashar ruhining tazohuridir. Uning she’riy sevgisi so’fiylar sevgisi kabi zalvorlidir. Kim bu sevgini qanday idrok etsa, shunday ifoda etadi.

Xosiyat xonim bir she’rida:

Hayot, hali ko’pmi dardim?
Yetmas sabrim,
Ko’nlim yara!
Bir o’tinchim –
Men ketsam ham –
Ishqim
qalsın sabohlarga..!
deganigek, men ketsam ham ishqim sabohlarga qolsin.

Shoir ham she’rning o’zi. Bu dunyoga she’r bo’lib keladi. U o’z hissiyotlarini, tuyg’ularini boricha ayta oladi. Men yana qaytaramanki, she’r nafasdir. U uyg’unlikning ilohiy lahzasidir. Farzand ota-onasidan o’ziga nimadir olsa, insonlar Ollahning kichik zarralarini o’zda mujassam etadi. Shuning uchun u ham yaratuvchi bo’la oladi. Bu ijod ortiq ruhiy masaladir.

Bugungi kunda butun ruhi bilan adabiyotga bog’langan, pok sevgini, yuksak muhabbatni, gozal  Vatanimizni o’z asarlarida tarannum etgan, o’z ijodi bilan qardosh O’zbekistonni olamga tanitgan, sevdirgan, adabiyot shaydosi Xosiyat xonimning tug’ilgan kunidir.

Buyuk Ozarbayjon shoiri Muhammadhusayn Shahriyor o’zining “Bor ,o’lsin she’rimiz, shorlarimiz…” nomli she’rida shunday degandi:

She’r – ozodligim, she’r – hayotim,
Umrim, saodatim, taqdir-qismatim!
She’rsiz bu dunyo kadar, g’am kabi,
She’rsiz Jannat ham Jahannam kabi. 

Biz Xosiyat xonimga mustahkam sog’liq, oila saodati, yangidan yangi marralar, ijodiy yutuqlar, ozarbayjon va o’zbek ijodiy aloqalarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O’zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi
Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori
Samir Abbosov

Алоқадор мақолалар

Кўп ўқилган

spot_img